Samarqandlik o‘qituvchi sudlangan shaxslar tomonidan urib o‘ldirilgan - bayonot

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSotrudnik sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jo‘rabek, Doniyor va Muhammadlar O‘zbekiston JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi bilan jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. Bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklanishi oqibatida halok bo‘lgan samarqandlik o‘qituvchi voqeasi yuzasidan rasmiy bayonot e’lon qilindi.

Parnya, kotoriy pristaval k devushke, izbili do smerti v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda do‘pposlab o‘ldirilgan o‘qituvchi ishiga oid yangi tafsilotlar yuzaga chiqdi

Xabarda aytilishicha, hodisa 20-noyabr kuni soat taxminan 3.40larda Samarqand shahrida yuz bergan.

1990 yilda tug‘ilgan, oddiy ishchi bo‘lib ishlaydigan Jo‘rabek, o‘z sheriklari -  muqaddam sudlangan va ayni vaqtda haydovchilik qiladigan Doniyor hamda sudlangan, oddiy ishchi, 22 yashar Muhammad bilan oldindan jinoiy til biriktirib shahardagi 42-sonli umumta’lim maktab o‘qituvchisi - Izzatilo M. bilan hech bir sababsiz janjallashishgan.

Janjal vaqtida qo‘l va oyoqlari bilan uni bosh qismi va tanasining turli sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazishgan.

Natijada Izzatilo shifoxonaga yotqizilgan. O‘qituvchiga og‘ir yopiq KST, bosh miyaning og‘ir darajali lat yeyishi tashxislari qo‘yilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan, 23-noyabr kuni Izzatilo jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Xuddi shu kunning o‘zida Jo‘rabek, Doniyor va Muhammadlar O‘zbekiston JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi bilan jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Samarkand viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0