Rossiyada yuzida katta xoli bo‘lgan qizcha operatsiya qilindi - video

© Instagram / luna.love.hopeKerol Fenner i Luna Fenner v Rossii
Kerol Fenner i Luna Fenner v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Krasnodarda amerikalik Luna Fennerga jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Uning onasi natijalarni namoiysh qildi.

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Yuzida katta xoli bo‘lgan Luna Fenner jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi uchun Krasnodarga kelgandi.

Jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi va qizning onasi natijasi bilan Instagram sahifasida o‘rtoqlashdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot ♥️ Mamãe Carol & Baby Luna ♥️ (@luna.love.hope)

Ayol ta’kidlashicha, amaliyotdan so‘ng atigi bir oy o‘tdi, to‘liq yakuniy natijasini kutish kerak.

Kerol joylashtirgan suratlarda haqiqatda qizning yuzidagi xoli kichrayganini ko‘rish mumkin. Qizaloqning boshida bint bilan bog‘lab qo‘yilgan, chunki u yerdan shifokorlar teri olishgan.

AQShda qizga melanotsitar nevus tashxisi qo‘yildi. Bola butunlay sog‘lom, ammo shifokorlar yuzidagi xol yana kattalashishi mumkin, deya xavotir olishgan.

Krasnodarlik shifokorlar Lunaning kasalligi haqida bilib, amerikalik hamkasblari tavsiya etganga nisbatan yengilroq davolash usulini taklif qilishdi.

Oktabr oyi boshida qiz va uning onasi nevusni olib tashlash uchun Rossiyaga uchib kelishgandi.

Yangiliklar lentasi
0