IIBB bir guruh avtomobil o‘g‘rilarini qo‘lga oldi

© Sputnik / Konstantin ChalabovMujchina imitiruyet vskritie avtomobilya
Mujchina imitiruyet vskritie avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda tergov jarayonida bu shaxslarning boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi aniqlashtirilmoqda.

TOShKENT, 27 noya - Sputnik. Toshkent IIBB xodimlari tomonidan avtomobil o‘g‘irligida gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi.

Xabarda aytilishicha, 21-noyabr kuni Yakkasaroy IIBga 22 yashar Johar L.dan uning "Malibu"si salonidan umumiy qiymati 11 million 200 ming so‘mlik narsa o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar kelib tushgan.

Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Mazda 3 avtomobilini o‘g‘irlagan shaxslar qidirilmoqda – foto

21noyabrdan 22-noyabrga o‘tar kechasi 3.30da Shayhontohur tumani IIBga 41 yashar Laziz A. murojaat qilib "Epika" avtomobilidan shaxsiy buyumlari yo‘qolgani haqida ariza tashlagan.

Tezkor tadbirlar davomida tashqi videokuzatuv kameralari o‘rganilgan. Bunda ikkala holatda ham o‘g‘irlik "Kobalt" rusumli avtomobilda harakatlangan bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida 23-noyabr kuni gumondorlar qo‘lga olingan. Ular Andijon shahrida tug‘ilgan 24 yashar Mansurjon Mansurov va Afzal Lutfiyevlar, shuningdek, 22 yashar Xurshidbek Shamshiddinovlar ekanligi aniqlangan.

Tergov davomida ushbu shaxslarning boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi aniqlashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0