Tadbirkorni shantaj qilib, 60 ming dollar talab qilgan ayol qo‘lga olindi

© Sputnik / Pavel LisisinJenshina v naruchnikax
Jenshina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol tadbirkorni qo‘lidagi videoyozuvlarni tarqatib, uni obro‘sizlantirish bilan qo‘rqititgan. Jinoyatchini tovlamachilik yo‘li bilan 20 ming dollarni olgan vaqtida oyog‘ini yerga tekkizmay mahkamaga olib ketishgan.

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Farg‘onada tadbirkordan 60 ming dollar talab qilgan ayol qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash yuzasidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda  M.Yu. ismli ayol tadbirkor D.dan tovlamachilik yo‘li bilan 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Karta Master Card - Sputnik O‘zbekiston
Kalugada tovlamachi qiz ikki o‘zbekistonlikni aldadi

Aniqlik kiritilishicha, ayol qo‘lidagi tadbirkor D. bilan bog‘liq videoyozuvlarni tarqatib, raqobatchi tadbirkorlar o‘rtasida obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0