Moskva markazida ko‘cha supuruvchilar ommaviy mushlashuvi sodir bo‘ldi  

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishSotrudniki kommunalnix slujb
Sotrudniki kommunalnix slujb - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘cha supuruvchilarning o‘zaro ommaviy mushtlashuvida jiddiy zarar ko‘rganlar yo‘q, voqea tafsilotlari politsiya tomonidan o‘rganlimoqda.

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Moskva markazida bir necha o‘nlab ko‘cha supuruvchilarning ommaviy mushtlashuvi sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti REN TV telekanaliga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 24-noyabr kuni Yefremova ko‘chasida aksariyati kommunal xo‘jalik kiyimida bo‘lgan bir necha o‘nlab kishilar ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgan. Videolavhada ishchilar bir-birlariga hujum qilishi aks etgan. Ularning ba’zilarining qo‘lida  belkurak va lomlar bo‘lgan.

Politsiya 10ga  yaqin qoidabuzarlarni ushlashga muvaffaq bo‘lgan, mushlashuvda ishtirok etganlarning aksariyati har tomonga qochib ketishga.

Ayni damda vazat huquqni saqlash organlari xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda. Mushtlashuvda jiddiy zarar ko‘rganlar yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0