Toshkent shahrida narkotiklar reklama qilingan baner aniqlandi - IIBB

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozoq nashrlarida yozilishicha, aslida banerda qanday mahsulot reklama qilinayotganini bir qarashdan anglab bo‘lmaydi. Plakatda quvonchga to‘la yoshlar aks etgan va katta harflar bilan "Buni qil, birinchi bo‘l", degan so‘zlar yozilgan.

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. Toshkent shahri Yashnobod tumanida narkotik moddalar yashirin reklamasi bo‘lgan baner aniqlangan. Ayni paytda baner olib tashlangan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Sigan-narkotorgoves, zaderjanniy sotrudnikami narkopolitsii - Sputnik O‘zbekiston
Narkotik moddalarni chegaradan olib o‘tishda "jonli konteyner" usuli ommalashmoqda - bojxona

Xabarda aytilishicha, tezkor choralar IIBBga jurnalistlar murojaatidan keyin ko‘rilgan.

Ayni vaqtda bannerga buyurtma bergan shaxs aniqlashtirilmoqda, baner reklama buyurtmachisi tomonidan qasddan yoki xatolik tufayli o‘rnatilgani ham o‘rganiladi, deyilgan idora xabarida.

Sal oldin Qozog‘iston va Qirg‘iziston OAVlarida xuddi shunday banerlar aniqlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qozoq nashrlarida yozilishicha, aslida banerda qanday mahsulot reklama qilinayotganini bir qarashdan anglab bo‘lmaydi. Plakatda quvonchga to‘la yoshlar aks etgan va katta harflar bilan "Buni qil, birinchi bo‘l", degan so‘zlar yozilgan.

Kamiga, banerda kompaniya nomi va QR-kod keltirilgan bo‘lib, kodga telefonni yaqinlashtirish orqali mahsulotni taklif etadigan saytga o‘tish mumkin. Faqat VPN orqali kirish imkoni bo‘lgan saytda tanlov shartlari va narkotik moddalarning yashirin reklamasi keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0