TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Bugun tongda oppoq qor bilan qoplangan Samarqanda shahri yanada ko‘rkam manzaraga ega bo‘ldi.
Samarqand viloyatida qalin qor yog‘di, havo harorati 0 ... -2 darjada sovuq bo‘ldi. Shahar atroflarida qor yanada qalinroq yoqqan edi. Havo harorati unchalik sovuq bo‘lmagani sababli avtomobil yo‘llarda yoqqan qor darhol eriy boshladi.
Sputnik muxbiri xabariga ko‘ra, bugun Toshkentda ham qor yoqqan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston gidrometerologiya markazi Respublikada 21 – 24-noyabr kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli borligi haqida ogohlantirgan edi.
Prognozga ko‘ra, O‘zbekistonda 22 – 24-noyabr kunlari tunda havo harorati 0...-5 gradusgacha, ayrim hududlarda -8 gradusgacha pasayishi mumkin. Kunduzi havo -2...+ 3 darajagacha bo‘ladi.
Respublika shimolida, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida tunda havo -10...-15 darajagacha kunduzi -2...-7 darajagacha sovushi mumkin.