TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Telegram’ning faoliyatida dunyo bo‘ylab katta nosozlik yuz berdi, deb xabar qildi Downdetector servisi.
O‘zbekistonlik foydalanuvchilar izohlariga ko‘ra, Telegram mamlakatda uch soat atrofida umuman ishlamay qoldi.
Messenjerga kirish bo‘yicha eng ko‘p muammolar asosan MDH mamlakatlarida yashovchi foydalanuvchilarda yuzaga kelgan.
Foydalanishuvchilar ma’lum qilishicha, nosozliklar Xarkov, Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlarda kuzatildi. Shuningdek, nosozlik Germaniya, Italiya, Malayziya, Vyetnam, Indoneziya va Hindiston kabi mamlakatlarga ham ta’sir qilgan.