Namanganda Vodiy timsoliga aylanuvchi ikki osmono‘par bino quriladi

© Namangan SquareNeboskreb v Namangane
Neboskreb v Namangane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan square majmuasida 10 ming kishi yashashi, ishlashi va dam olishi uchun turar joylar, ofislar va savdo markazlari barpo etiladi.

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Namanganda qurilishi rejalashtirilayotgan ikki osmono‘par bino butun Vodiy timsoliga aylanishi mumkin, deb xabar qilmoqda Namangan Square matbuot xizmati.

“Har bir shahar o‘z timsoliga ega. Namanganda qurilishi rejalashtirilayotgan Twin Tower osmono‘par binolari nafaqat ushbu shaharning balkim butun vodiyning timsoliga aylanadi”, - deyilgan xabarda.

Bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ushbu ikki osmono‘par binoning dizayni yevropa uslubida yasalgan bo‘lib uning usti oltinrang chiziqlar bilan qoplangan.

Prezentatsiya samogo visokogo v SA neboskreba v MDS Tashkent City - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda qurilayotgan osmono‘par binoning nomi e’lon qilindi

Vodiyda birinchi osmono‘par binolar bo‘lishi rejalashtirilayotgan ushbu loyiha MJ Developers xalqaro kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Kompaniya ushbu sohada Braziliya, BAA, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlarda loyihalarni amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Namanganda “Yasha. Ishla. Dam ol.” shiori ostida qurilayotgan ushbu yangi kvartal Namangan markazida joylashgan bo‘lib 18 gektar maydonni egallaydi. Uning hududida 325 ming metr kvadrat ofis, turar joy va savdo obyektlari quriladi.

Shuningdek, Yangi kvartal shaharning muhim kommunikatsion portlariga yaqin va qulay joylashgan: aeroport – 1 km, temir yo‘l vokzali – 6,5 km.

Yangiliklar lentasi
0