TOShKENT, 20 noya – Sputnik. O‘zgidromet haydovchilarni “Qamchik” dovonida kuchli bo‘ron kuzatilishi haqida ogohlantirdi.
Xabarda yozilishicha, 21-25 noyabrda A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda.
O‘zbekiston shimolida havo 15 darajagacha sovib ketishi mumkin
Shuningdek, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayadi. Shamol esa sekundiga 17-22 m tezlikda esadi. Yo‘lda qor uyumlari, yaxvonlik hosil bo‘ladi.