TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Jizzaxda 7 nafar yollanma ishchi is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, hodisa 19-noyabr kuni Zomin tumani IIB 10-sonli bo‘linmasi binosida sodir bo‘lgan. U yerda qurilish ishlarini amalga oshirayotgan 7 nafar yollanma ishchilar is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 207-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda is gazi uch kishini hayotdan olib ketgani xabar qilingan edi.