TOShKENT, 18 noya – Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 19-noyabr kuni JCh-2022 saralash bahslari doirasida Falastinga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvni bahraynlik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Bosh hakam – Navaf Shukralla. Unga qanotlarda hamurtlari – Yosir Halil Ibrohim Abdulla Tulefat va Muhammad Jafar Muhammad Salmon yordam beradi. Zaxira hakami – Ammar Ibrohim Hasan Mahfud. Chi Ho Lam (Gonkong) nazoratchi, Song Huang (Xitoy) komissar etib tayinlangan.
Uchrashuv Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs mahalliy vaqt bilan 17:00 da boshlanadi. O‘zbekiston saralash doirasidagi Falastinga qarshi ilk uchrashuvda 0:2 hisobda imkoniyatni boy bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘zaro to‘qnashgani va “oq bo‘rilar” o‘yinning so‘nggi daqiqalarida 2:3 hisobda mag‘lub bo‘lgani xabar qilingan edi.