Mashhur sibirlik odamovi Agafya Likovaning qarindoshlari uni ko‘rgani uchib kelishdi. O‘zlari bilan unga issiq kiyim-kechak va yegulik olib kelishdi.
Yoz oyida Agafya Likova Kuzbass gubernatoriga ekspeditsiya tashkillashtirishda yordam berishni so‘rab xat yozgan edi.
Odamovi buvining amakivachchasiga yoz oyigacha taygada qolishga ruxsat berildi. U Agafyaga uy-ro‘zg‘or ishlarida - o‘tin yorish va hammom qurishda yordam beradi.