TOShKENT, 17 noya - Sputnik. 12-noyabr kuni Polshada O‘zbekiston fuqarosi YTHga uchradi.
Mamlakatning Polshadagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro G‘.B. ko‘p sonli jarohatlar bilan Poznan shahri kasalxonasiga yotqizilgan. Uning sog‘ligi holati og‘ir deb baholanmoqda va u koma holatida intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, elchixona vaziyatni nazoratga olgan va Polsha vakolatli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Poznan shahri politsiya boshqarmasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Konsullik-huquqiy departament Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda O‘zbekistonning Varshava shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +48-22-894-62-30 (2)