FXX generali kontrrazvedka yangi qurol yaratishga qanday yordam berganligini aytdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMnogotselevoy istrebitel MiG-31 s giperzvukovoy raketoy "Kinjal"
Mnogotselevoy istrebitel MiG-31 s giperzvukovoy raketoy Kinjal  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya kontrarazvedka xodimlari mamlakatda eng zamonaviy qurollarni yaratish bo‘yicha ish olib borilayotgan vaqtdan xorijiy maxsus xizmatlari diqqatini chalg‘itishdi.

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. 2000 yillar boshida Rossiya kontrarazvedka xodimlari mamlakatda eng zamonaviy qurollarni yaratish bo‘yicha ish olib borilayotgan vaqtdan xorijiy maxsus xizmatlari diqqatini chalg‘itishdi, deb ta’kidladi FXX general polkovnigi Aleksandr Bezverxniy. RIA Novosti xabariga asosan.

Pusk raketi tajeloy ognemetnoy sistemoy zalpovogo ognya - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya armiyasi yangi og‘ir o‘tsochar tizimini oladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxir oqibatda xorijiy “hamkasblar”da “qaysidir bosqichda, ularda "hamma narsani bilishi va egalik qilishi" degan taassurot paydo bo‘ldi”.

Bu fikr Vladimir Putin Rossiyaning yangi qurollar turlari yaratilganini e’lon qilgan tarixiy nutqiga qadar davom etdi.

General ta’kidlashicha, 2000-yillarning boshlarida harbiy kontrrazvedka asosiy vositalardan biri bo‘lib, uning yordamida Rossiya armiyasini jonlantirilib, kuchaytirildi. Xususan, armiyada xorijiy agentlarining paydo bo‘lishi oldini olindi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘arbiy razvedkasi 2000-2015 yillarda harbiy xizmatchilarni yollashga harakat qilgan.

"Ammo ular muvaffaqiyatga erisha olmadilar ... Biz faol tadbirlar o‘tkazdik - sodda qilib aytganda,"podstava", biz yaratgan tezkor vaziyatlar bilan ular e’tiborini chalg‘itdik", - dedi general.

Prezident Vladimir Putin o‘tgan yilning 1-martida Federal majlisiga yo‘llagan murojaatnomasida Rossiya strategik qurollarining eng zamonaviy turlari - "Xanjar", "Avangard", "Burevestnik" gipertovushli raketa majmulari, "Peresvet" jangovar lazeri, shuningdek "Poseydon" atom suv osti droni haqida ma’lum qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0