TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Eron fuqarolari qalbaki Italiya pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga urinishdi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, 3-noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida “Istanbul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha poytaxtga kelgan ikki kishining Italiya davlatiga tegishli fuqarolik pasportlari tekshirilgan va pasportlar qalbaki ekanligi aniqlangan.

Surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar aslida Eron fuqarolari ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, ularga O‘zbekiston qonunchiligida belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, yangi yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari vizasiz respublikaga tashrif buyuradigan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytiradi.