Toshkentda bugun daraxtlarni yoppasiga kesish "epidemiyasi" ko‘zga tashlanmayapti - Yunusov

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishSotrudniki kommunalnix slujb obrezayut derevya
Sotrudniki kommunalnix slujb obrezayut derevya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda o‘tgan 10 oy davr ichida 203 holatda daraxtlarning noqonuniy kesilishi holatlari aniqlangan.

TOShKENT, 7 noya - Sputnik. 2019 yilning o‘tgan o‘n oyi davomida O‘zbekistonda 4955ta daraxt kesilgan, deya bayonot qildi Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Nodir Yunusov. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.

Posadka derevyev v parke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1 million dona daraxt ko‘chati o‘tqaziladi

Mamlakatda yashil hududlarni kengaytirish mavzusiga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida ta’kidlanishicha, o‘tgan 10 oy davomida mamlakatdagi davlat xizmatlari markazlariga 32 mingga yaqin daraxtlarni kesish bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan. 

Bu murojaatlarning 4955ta (15-17%) holatida daraxtlarni kesishga ruxsat berilgan. Qolgan 80% holatda daraxtlar kesilishdan saqlab qolingan.

Qo‘mita raisining aytishicha, Toshkent shahrida bugungi kunda daraxtlarni "yoppasiga kesish masalalari" ko‘zga tashlanmayapti.

O‘tgan 10 oy davr ichida 203 holatda daraxtlarning noqonuniy kesilishi holatlari aniqlangan.

Daraxt kesilishi huquqbuzarligi borasida fuqarolardan ma’lumot olishni tezlashtirish uchun "EcoControl-bot" tashkil etilgan.

Hisobot davomida telegrammdagi botga 123ta murojaat kelib tushgan. Shundan 68ta murojaat bo‘yicha holat joyiga chiqib o‘rganilgan. Aniqlangan noqonuniy holatlarga nisbatan 22,5 mln so‘mlik ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Yangiliklar lentasi
0