O‘zbekistonda qimmatbaho navlardagi daraxtlar kesilishiga moratoriy e’lon qilindi

© Telegram / ExoUzbekistanaV Yunusabadskom rayone Tashkenta ostanovlena nezakonnaya virubka derevyev
V Yunusabadskom rayone Tashkenta ostanovlena nezakonnaya virubka derevyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moratoriy tabiiy omillar yoki zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari ta’sirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan daraxtlar hamda butalarni kesishga joriy etilmaydi.

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. O‘zbekiston Hukumati mamlakat Ekologik partiyasi va jamoatchilikning davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy joriy etish to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlar.

Posadka derevyev v parke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1 million dona daraxt ko‘chati o‘tqaziladi

Belgilanishicha, moratoriy 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Moratoriy amal qilish davrida vakolatli davlat organlariga davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga ruxsatnoma berish man etiladi.

Moratoriy tabiiy omillar yoki zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari ta’sirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf tug‘diruvchi daraxtlar va butalarni sanitar kesish va qirqishga; yog‘och va mevalar olish uchun o‘stirilayotgan daraxtlar hamda butalarni (terak va tez o‘suvchi boshqa navlar, tut plantatsiyalari, mevali daraxtlar va butalar) kesishga; plantatsiyalarda o‘stirilayotgan va/yoki yuridik va jismoniy shaxslarning mulki hisoblangan daraxtlar hamda butalarni kesishga joriy etilmaydi.

Hujjatda vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari obyektlarni qurish va loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini barpo etishda, daraxtlar va butalarni ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini qo‘llash orqali ularning saqlab qolinishini qat’iy ta’minlashi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0