IIBB kafedagi janjal va fuqaroning o‘limi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovDraka
Draka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxt IIBB internet tarmog‘ida tarqalgan Toshkentda tungi klub qo‘riqchilari va "mehmon" ishtirokida ro‘y bergan janjal yuzasidan rasmiy bayonot berdi

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. Toshkent shahar IIBB Chilonzor tumanidagi "Ugolok" kafesida yuz bergan janjal va 30 yoshli fuqaroning vafoti yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Xabarda aytilishicha, fojia 28-oktabr kuni kech soat 21:00larda yuz bergan.

Promishlennaya zona  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi manyak va o‘smirlar jasadi: IIBB vaziyatga oydinlik kiritdi

Ikki tanish - Bobur va Murod ismli fuqarolar, kafeda kechki payt ovqatlanib, spirtli ichimlik iste’mol qilishgan. Mast Boburning xatti-harakatlari kafe qo‘riqchilari - 21 yoshli Ahmadjon va 22 yoshli Dalerjonlarning e’tiroziga sabab bo‘lib, oqibatda, o‘rtada nizo kelib chiqqan.

Shundan so‘ng, ular "kelishib olish" maqsadida kafedan tashqariga chiqishgan va o‘rtada mushtlashuv yuz bergan. Janjal oqibatida Bobur yengil tan  jarohati olgan. Mojarodan so‘ng Bobur tanishi Murod bilan taksiga o‘tirgan, biroq avtomobil hech qancha yurmay, Murodning tobi qochgan va u avtomobildan tushgan.

Chilonzor tumaniga qarashli "Tez yordam" xodimlari Murodni tasodifan ko‘rib qolib, kasalxonaga olib ketayotgan vaqtda, bemor vafot etgan.

"Murod A.ning o‘limi bo‘yicha olingan dastlabki sud tibbiy tashxisiga ko‘ra, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi va spirtli ichimlikdan zaharlanish holatlari aniqlangan va hech qanday tan jarohati alomatlari yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan", - deyiladi xabarda. 

Hozirda ushbu holat Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Ahmadjon A. va Dalerjon M.larga nisbatan O‘zbekiston JKning 277-moddasi (Bezorilik ) 2-qismi "b" bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

IIBB fuqarolardan ushbu o‘lim bilan bog‘liq norasmiy xabarlarga asoslanib, xulosa chiqarishga shoshilmaslikni so‘ragan va "Ugolok" tungi klub emas, balki kafe sifatida faoliyat yuritishini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0