“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” ayrim ichki yo‘nalishlarga 30 foizgacha chegirma joriy etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVokzal "Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii
Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 1-noyabrdan boshlab 20% dan 30% gacha (chiptalarni sotib olish muddatlariga qarab) ichki yo‘nalishidagi poyezdlari uchun tarif narxiga chegirmalar o‘rnatiladi.

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Joriy yil 1-noyabrdan boshlab “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ 20% dan 30% gacha (chiptalarni sotib olish muddatlariga qarab) ichki yo‘nalishidagi poyezdlari uchun tarif narxiga chegirmalar o‘rnatadi.

Xususan, 060/059, 062/061-sonli “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishidagi poyezdlarda quyidagi miqdorlarda chegirmalar taqdim etiladi:

- poyezd jo‘nab ketishidan 2 – 5 kun oldin chipta sotib olinsa – 20%;

- poyezd jo‘nab ketishidan 6 – 45 kun oldin chipta sotib olinsa – 30%.

007/008-sonli “Toshkent – Shahrisabz – Toshkent” yo‘nalishidagi poyezdlarda quyidagi miqdorlarda chegirmalar taqdim etiladi:

- poyezd jo‘nab ketishidan 2 – 5 kun oldin chipta sotib olinsa – 20%;

- poyezd jo‘nab ketishidan 6 – 45 kun oldin chipta sotib olinsa – 30%.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ichki va tashqi yo‘nalishlardagi bir qator poyezdlarga 20 %dan 60 %gacha chegirmalar joriy etgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0