Toshkentdagi manyak va o‘smirlar jasadi: IIBB vaziyatga oydinlik kiritdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPromishlennaya zona
Promishlennaya zona  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIBB fuqarolardan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni, vahima va mish-mishlar manbai bo‘lmaslikni so‘ragan.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Mana bir necha kundirki Internet va o‘zbek Telegram-kanallarida odamlar Toshkentda manyak paydo bo‘lgani hamda voyaga yetmagan bolalarning jasadlari ichki organlari bo‘lmagan holatda topilganligi haqidagi xabarni muhokama qilishmoqda. Toshkent shahar IIBB ushbu ma’lumot asossiz ekanini ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotlar haqiqatdan yiroq. Toshkent IIBB tomonidan asossiz ma’lumotlarni tarqatuvchi va bu bilan aholi o‘rtasida qo‘rquvni keltirib chiqarayotgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, IIBB fuqarolardan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni va vahima va mish-mishlar manbai bo‘lmaslikni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIBB Qashqadaryoda qizlar yoppasiga yo‘qolayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0