“O‘zgidromet” yomg‘ir va’da qilmoqda

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishXolodnaya pogoda
Xolodnaya pogoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zgidromet” ob-havo haqida ma’lumot berdi. 30-oktabrdan haftaning oxirigacha O‘zbekistonga Turkmaniston hududidan iliq va nam havo oqimi kirishi tufayli ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Bugun, 28-oktabr kuni  O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar qilmoqda. Harorat 18-23 daraja atrofida bo‘ladi.

Ertaga, 29-oktabr kuni  ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, kechasi harorat 5-10 darajani, kunduzi 20-25 darajani tashkil qiladi.

30 oktabrdan haftaning oxirigacha O‘zbekistonga Turkmaniston hududidan iliq va nam havo oqimi kirishi tufayli ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

30-31 oktabrda harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘lishi, 1-noyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja, 2-noyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0