O‘zbekistonlik yosh bokschilar Qozog‘istonda 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

© Federatsiya boksa UzbekistanaO‘zbekistonlik yosh bokschilar Qozog‘istonda 6 ta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik yosh bokschilar Qozog‘istonda 6 ta medalni qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Jetisu Kubogi" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. O‘zbekistonlik yosh bokschilar Qozog‘istondagi musobaqada 6 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 21-27 oktabr kunlari Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “Jetisu Kubogi” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada o‘zbekistonlik yosh charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishdi. Turnir yakuniga ko‘ra, ular 6 ta medalga (3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza) sazovor bo‘lishdi.

Oltin: -91 kg: Amirshoh Samadov, +91 kg: Shohrux Almatov, - 57 kg: Sitora Turdibekova.

Kumush: -57 kg: Shahboz Yunusaliyev .

Bronza: -51 kg: Marjona Savriyeva, -69 kg: Xadichabonu Abdullayeva.

Yangiliklar lentasi
0