Jahon bankining Doing Business reytingida O‘zbekiston bir yil ichida 7 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi. Reytingda ishtirok etayotgan 190 ta davlatlar orasida O‘zbekiston biznes bilan shug‘ullanish oson bo‘lgan mamlakatlar orasida 69-qatorda joylashgan.
Reyting hisoblashda qo‘yidagi ko‘rsatgichlar hisobga olinadi:
- Biznes tashkil qilish
- Ishchi yollash
- Qurilishga ruxsat olish
- Elektr tarmoqlariga ulanish
- Mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish
- Kredit olish
- Investorni himoya qilish
- Soliq to‘lash
- Xalqaro savdo
- Hukumat bilan hamkorlik
- Shartnomalar bajarilishini ta’minlash
- Bankrot bo‘lish jarayoni
Reytingning eng yuqori qatorlaridan Yangi Zelandiya, Singapur va Gonkong o‘rin olgan. MDH mamlakatlaridan eng yuqori natijaga Gruziya erishgan 7 o‘rin, Qozog‘iston – 25 o‘rin, Rossiya – 28 o‘rin.