Zaxarova Ukraina mudofaa vazirining Rossiya bilan urush haqidagi so‘zlariga javob berdi

Obuna bo‘lish
Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Ukraina NATO bilan o‘zining noyob “Rossiya bilan besh yillik urush” tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyorligini bildirgan edi.

TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina mudofaa vaziri Andrey Zagorodnyukning Ukraina “Rossiya bilan besh yillik urush tajribasiga ega” degan so‘zlariga munosabat bildirdi.

Zaxarova Moskvaga tanklarda kirib kelishni va’da qilgan ukrainalik vazirga javob qaytardi

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning NATOga qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan real tajribasi – bu “o‘z o‘zini yo‘q qilish” tajribasi.

“Ukrainada bo‘lgan tajriba, albatta, hech kimda yo‘q. Bu fakt. 30-yil davomida o‘z qo‘llari bilan gullab-yashnayotgan yurtni barbod qilish, odamlarni qurol bilan o‘rmonlarga haydab kirish, hammani bir biri bilan urushtirib chiqish – bu ko‘pchilikning qo‘lidan kelmagan. Shubhasiz, bu o‘z o‘zini yo‘q qilish tajribasi Alyansga qiziq ”, - deya yozgan Zaxarova  Facebook’da.

Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri NATO mamlakatlari mudofaa vazirlarining Brusseldagi uchrashuvida Ukraina NATO bilan o‘zining noyob “Rossiya bilan besh yillik urush” tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyorligini bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0