O‘zbekiston prezidenti administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

© Sputnik Ilya PitalevZdanie Mosgorsuda, arxivnoe foto
Zdanie Mosgorsuda, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi prezidentning 3-oktabrdagi qarori bilan O‘zbekiston prezidenti pdministratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi etib qayta tashkil qilingan edi.

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi Farmoni bilan Obid Hakimov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining direktori etib tayinlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi matbuot-xizmati.

Shavkat Mirziyoyevning prezidentlikka kirishish marosimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kadrlar tizimi butunlay qayta shakllantiriladi

Belgilanganki, O‘zbekiston prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari hamda bir vaqtning o‘zida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining direktori hisoblanadi.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Hakimov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish sho‘’basi mudiri lavozimida ishlagan.

 

Shuningdek, prezident administratsiyasining 2019-yil 22-oktabrdagi farmoyish bilan Umid Abidxodjayev O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan. 

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan ITIM direktori o‘rinbosari lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi sho‘’ba mudiri lavozimiga tenglashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi prezidentning 3-oktabrdagi qarori bilan O‘zbekiston prezidenti pdministratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi etib qayta tashkil qilingan edi.

Markazning asosiy vazifalari 2019–2021 yillarda O‘zbekistonda tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlari “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy kengash huzuridagi Xalqaro ekspertlar guruhi faoliyatini tashkil etish, vazirlik va idoralariga shartnoma asosida jalb qilingan, shuningdek, O‘zbekistonga texnik ko‘mak dasturlarida ishtirok etayotgan xorijiy maslahatchilar bilan hamkorlik qilish va ular faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.

 

Yangiliklar lentasi
0