Qarzdor MIB xodimini haqoratlab, uning mashinasiga shikast yetkazdi

CC0 / pixabay / Razbitoe steklo
Razbitoe steklo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura Samarqand viloyatida MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatilganligi yuzasidan xabar qildi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Bosh prokuratura Samarqand viloyatida MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatilganligi yuzasidan xabar qildi. 

Xabarda aytilishicha, 23.09.2019 yil soat 17:00 larda MIB Pastdarg‘om tuman bo‘limi davlat inspektorlari B.U. va R.S. lar tumanning Jag‘alboyli mahallasi, 54-uydagi gazdan mavjud qarzdorlikni xonadon egasiga ma’lum qilgan vaqtda iste’molchi U.T. ularning sha’ni va qadr qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Nachalnik otdela BPI Mirabadskogo rayona Tashkenta Igor Li - Sputnik O‘zbekiston
MIB bo‘lim boshlig‘i: xodimlarimizga tajovuz qilganlar qat’iy jazoga tortiladi

Shuningdek, U.T. davlat inspektori B.U. ga tegishli “Spark” rusumli transport vositasining old oynasini tayoq bilan urib sindirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan U.T. ga nisbatan JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi va 173-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0