Namanganda uzoq muddatga qamalgan mahkuma tergov hibsxonasida vafot etdi

Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura sud hukmidan norozi bo‘lib apellyatsiya shikoyati yozgan 43 yoshli mahkumaning o‘limi sabablarini ochiqladi.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Bosh prokuratura Namangan viloyatidagi IIB 6-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan 43 yoshli mahkumaning o‘limi yuzasidan bayonot berdi.

Xabarda yozilishicha, 22-oktabr kuni soat 02:30lar chamasi sudning hukmiga ko‘ra, JKning firibgarlik va boshqa moddalari bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va mazkur sud hukmidan norozi bo‘lib apellyatsiya shikoyati yozgan Shohista M.ning hibsxona kamerasida to‘satdan salomatligi yomonlashgan. Keyin unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

“Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida, mahkuma Shohista M.ning o‘limi “yurakning kamqonlik kasalligi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqanligi, marhumada tan jarohatlari aniqlanmaganligi” ko‘rsatilgan”, - deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0