Chegaradan ayrim tovarlarni olib kirish qoidalari o‘zgaradi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota tamojennogo posta
Rabota tamojennogo posta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jismoniy shaxslarning boj to‘lovlarini yagona boj to‘loviga almashtirish taklifi kiritildi. Bunday tartib notijorat tovarlarning olib kirilishida qo‘llaniladi.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining jismoniy shaxslarning notijorat maqsadidagi tovarlarini tashib o‘tish tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori loyihasi onlayn muhokamaga qo‘yildi.

Granitsa mejdu Kirgizstanom i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona qo‘mitasi chegaradagi tirbandlik to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Hujjatda 2020-yil boshidan boj to‘lovlarini undirishning yangicha osonlashtirilgan tartibini kiritish nazarda tutilgan.

Jismoniy shaxslarning boj to‘lovlarini yagona boj to‘lovi bilan almashtirilishi taklif qilinmoqda. Bunday tartib faqat notijorat maqsadida olib kirilayotgan tovarlarga (shu jumladan, pochta va kuryer jo‘natmalar orqali) nisbatan qo‘llaniladi.

Yagona boj to‘lovi jismoniy shaxslar tomonidan boj to‘loviga tortilmaydigan tovarlarni o‘rnatilgan meyordan oshiqcha hajmda olib o‘tayotgan taqdiridagina to‘lanadi.

Yangi Bojxona kodeksi – bu O‘zbekistonning YeOIIga kirish yo‘lidagi qadamidir - Alisenov

Oziq-ovqat tovarlari uchun 30% li (bir kg uchun 2 dollardan kam bo‘lmagan), noozuqaviy mahsulotlar uchun esa 50% li (bir kg uchun 4 dollardan kam bo‘lmagan) yagona boj to‘lovining kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Qolaversa, yangi yildan boshlab, jismoniy shaxslar tomonidan qo‘l yukida chegaradan respublikaga olib kiriladigan go‘sht va sut mahsulotlari albatta ishlab chiqaruvchi upakovkalarida bo‘lishi talabi ham loyihada ko‘rsatilgan.

Notijorat maqsadlarga mo‘ljallanmagan tovarlar ro‘yxati bilan portalda batafsil tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0