O‘zbekistonda davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUchebnik uzbekskogo yazika
Uchebnik uzbekskogo yazika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Departamentning asosiy vazifalaridan biri davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratini joriy etishdan iborat.

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilindi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.

Departamentning asosiy vazifalaridan biri davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratini joriy etishdan iborat.

Den uzbekskogo yazika otmetili konsertom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 21-oktabrni "O‘zbek tili bayrami kuni"ni etib belgiladi

Farmonga ko‘ra, “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqiladi, shuningdek, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasi tashkil etiladi.

Shu bilan birga, 2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi ishlab chiqiladi.

Bunda, davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish kabi yo‘nalishlar qamrab olinadi.

Yangiliklar lentasi
0