Yunker o‘zi uchun eng so‘nggi YeI sammitida yig‘lab yubordi

Video Player is loading.
Hozirgi vaqt 0:00
/
Duration 0:00
Yuklash: 0%
Progress: 0%
Oqim turi LIVE
Qolgan vaqt -0:00
 
1x
Yunker o reaksii Erdogana na satiricheskiy stix v yego adres
0:45
Obuna bo‘lish
"Umrimning so‘nggi kuniga qadar Yevropaga xizmat qila olganim uchun faxr tuyg‘usi bilan yashayman", - dedi YeK rahbari. Yunkerning ovozi titroqdan bo‘lindi. So‘ngra ko‘zlarida yosh qalqdi

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Joriy kuz mavsumida vakolati muddati nihoyasiga yetayotgan Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker o‘zi uchun oxirgi bo‘lgan YeI sammiti matbuot-anjumani yakunida hissiyotlarini jilovlay olmay, yig‘lab yubordi.

​"Bu men uchun oxirgi Yevropa sammiti edi", - dedi u va jurnalistlarga YeK rahbari lavozimida besh yillik faoliyatini yoritganlari uchun minnatdorlik bildidi. U shu yillar davomida sal kam 150ta sammitlarda ishtirok etganini ta’kidladi.

"Umrimning so‘nggi kuniga qadar Yevropaga xizmat qila olganim uchun faxr tuyg‘usi bilan yashayman", - dedi YeK rahbari. Yunkerning ovozi titroqdan bo‘lindi. So‘ngra ko‘zlarida yosh qalqdi.

Zalda jimjitlik hukm surardi. Shunda jurnalistlar Yunkerni olqishlay boshladilar.

Yangiliklar lentasi
0