Ochiq kosmosga chiqqan ilk inson Aleksey Leonov vafot etdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin nakanune Dnya kosmonavtiki posmotrel film "Vremya pervix"
Prezident RF V. Putin nakanune Dnya kosmonavtiki posmotrel film Vremya pervix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aleksey Leonov 85 yoshida Moskva klinik shifoxonasida olamdan o‘tdi. U insoniyat tarixida ilk bora ochiq kosmosga chiqqan fazogir sifatida tanilgan.

TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Ochiq kosmosga chiqqan ilk inson Aleksey Leonov vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Gagarin nomidagi kosmonavtlar tayyorlash markazi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.

“Ha, afsuski, haqiqatdan ham shunday”, - degan markaz vakili.

Aleksey Leonov 85 yoshida 68-sonli Moskva klinik shifoxonasida olamdan o‘tdi. So‘nggi vaqtda u kasallik bilan uzoq kurashgan.

1965 yil martida Leonov ochiq kosmosga chiqqan ilk insonga aylangan edi. U o‘n yil o‘tib, 1975-yilda ikkinchi marta fazoga parvoz qilib, SSSRning “Soyuz” va AQShning “Apollon” kosmik kemalarini tutashtirishda qatnashgan. Ikki marta Sobiq ittifoq qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0