AQSh harbiylari Suriyadan o‘ta shafqatsiz jallodlarni olib ketdi

© Ethiopian pressBoyeviki Islamskogo gosudarstva Iraka i Levanta
Boyeviki Islamskogo gosudarstva Iraka i Levanta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh harbiylari Suriyadan “Bitlz” jallodlar guruhi bilan tanilgan “Ishid” ikki jangarisini olib ketdi.

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp amerika harbiylari Suriyadan “Bitlz” jallodlar guruhi bilan tanilgan “IShID”* ikki jangarisini olib ketganligini tasdiqladi. RIA Novosti xabariga asosan.

Zdanie Kongressa SShA (Kapitoliy) v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh senatorlari Turkiyaga qarshi sanksiya kiritishni taklif qildi

“Kurdlar yoki Turkiya nazoratni yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, AQSh allaqachon Suriyadagi eng shafqatsiz ikkita IShID jangchisini mamlakatdan, AQSh nazoratidagi xavfsiz joyga olib chiqdi. Ular eng yomon!”, - deb yozgan Tramp Twitterda.

Bundan avval Washington post gazetasi Amerika harbiylari Suriyada 40 kishini hibsga olganini tasdiqladi. Ular IGning muhim jangarilari. Ular orasida ikkita britaniyalik ham bor. Ular “Bitlz” deb nom olgan to‘rtlik jangari guruhiga kirgan.

Aleksandr Kotey va El Shafi Elsheyx amerikalik va g‘arb davlatlaridan kelgan garovga olinganlarni qatl etishida ayblanmoqda. Qotilliklar videoga olingan.

Ilgari terrorchilar Suriyaning shimoliy-sharqidagi kichik qamoqxonalarda ushlab turilgan, ular suriyalik kurdlar nazorati ostida bo‘lgan. Endi kurdlar turk armiyasiga qarshi turish maqsadida o‘z qo‘riqchilarini bu obyektlardan olib chiqmoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0