TOShKENT, 8 okt – Sputnik. “Eng yaxshi xorijiy film” nominatsiyasida “Oskar”ga da’vogarlar long-listi aniqlandi.
Umumiy hisobda 93 davlatdan talabnoma kelib tushgan bo‘lib, ularning orasida ilk bor O‘zbekiston, Gana va Nigeriya qatnashmoqda.
Rossiyalik rejissor Kantemir Balagovning “Dilda” (Novcha) filmi ham ro‘yxatda o‘rin egallagan.
Rashid Malikov "Oskar"ga da’vogar o‘zbek "Issiq non"ning imkoniyatlari bilan o‘rtoqlashdi
Kinoakademiya qoidalariga ko‘ra, kinotasma AQShdan tashqarida tasvirga tushirilgan va undagi qahramonlar o‘rtasidagi muloqotlar ingliz tilidan boshqa tilda olib borilishi, filmning davomiyligi 40 daqiqadan oshmasligi kerak.
Ilgari ushbu nominatsiya “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” deb nomlangan. Bu yildan yangi nom bilan e’lon qilingan.
“Issiq non” Oskar tanloviga yuboriladi
Eslatib o‘tamiz, “Oskar”ga O‘zbekistondan yosh kinorejissor Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi da’vo qilmoqda. Kinotasma Rossiyaning “Kinoshok” XXVIII Ochiq festivalida Gran-prini qo‘lga kiritgan edi. Unda bosh rolni ijro etgan Feruza Saidova “Eng yaxshi ayol roli uchun” sovriniga ega bo‘lgandi.