Navoiyda “tajribali” qo‘shmachiga jazo tayinlandi

© AFP 2023 / ALEXANDER NEMENOVJenshina legkogo povedeniya
Jenshina legkogo povedeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro ijara uyida 100 ming so‘m evaziga Sh.A. va K.S.ning o‘zaro jinsiy aloqa qilishlari uchun uyidan alohida xona ajratib, ularga shart-sharoit yaratib bergan.

TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Navoiyda ijara uyida fohishaxona ochgan fuqaroga jazo tayinlandi.

Oliy sud axborot xizmatining xabar qilishicha, fuqaro 2019-yil 2-avgust kuni o‘zi ijarada yashab kelayotgan Navoiy shahridagi xonadonlarning birida 100 ming so‘m evaziga Sh.A. va K.S.ning o‘zaro jinsiy aloqa qilishlari uchun uyidan alohida xona ajratib, ularga shart-sharoit yaratib berganligi o‘tkazilgan tadbir davomida aniqlangan. 100 ming so‘m miqdordagi pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Devushki legkogo povedeniya - Sputnik O‘zbekiston
Termizda ikki fohisha ayol chet ellikni tunab ketdi

Sudlanuvchi sud majlisida aybiga iqrorlik bildirmasdan, go‘yoki xonadoniga o‘sha kuni uning tanishlari kelganligi va ular birga shunchaki o‘tirib spirtli ichimlik iste’mol qilganliklarini vaj qilgan. Shu bilar birga,  yoshini va oilaviy sharoitini inobatga olib, suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Ta’kidlanishchia, u ilgari ham shunga o‘xshash jinoyatni sodir etgan.

Uning aybi sud majlisida tekshirilgan va to‘plangan dalillar yig‘indisi bilan to‘liq isbotlangan. Sud sudlanuvchini O‘zbekiston Jinoyat koleksi 131-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topdi va unga 1-yilu 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Yangiliklar lentasi
0