CIWEM Angliya xayriya tashkiloti “Environmental Photographer of the Year 2019” tanlovining g‘oliblarini e’lon qildi. Hindistonlik suratchi Shant Kumarning “Toshqinning uyga kirishi” surati yilning eng yaxshi surati deb e’tirof etildi
“Environmental Photographer of the Year” fototanlovida o‘z suratlarida ekologiya va ijtimoiy muammolarni aks ettiruvchi suratchilar qatnatishlari mumkin. Tanlovning asosiy sharti - suratlar zamonaviy bo‘lishi va global miqyosdagi muammolarni ko‘tarishi lozim. Qolaversa, kishilarni atrof-muhit haqida qayg‘urishga undashi lozim.
G‘oliblarning sara va yorqin suratlarini Sputnik O‘zbekiston fotojamlanmasida tomosha qiling.
© Neville Ngomane/Environmental Photographer of the Year 2019"Noiloj choralar". Karkidonni brakonyerlardan himoya qilish maqsadida uning shoxini kesib tashlashmoqda. Surat muallifi Nevill Ngomane - yilning eng yaxshi yosh ekologik suratchisi.
"Noiloj choralar". Karkidonni brakonyerlardan himoya qilish maqsadida uning shoxini kesib tashlashmoqda. Surat muallifi Nevill Ngomane - yilning eng yaxshi yosh ekologik suratchisi.
© Foto : Tran Tuan Viet/Environmental Photographer of the Year 2019"Okean qalbi". Vyetnamlik suratchi Chan Tuan Vyetdengizlarni saqlab qolish muammosiga e’tibor qaratadi. Baliq zaxiralari kam qolgan sari, ularni ovlash usullari yanada takomillashtirilmoqda
"Okean qalbi". Vyetnamlik suratchi Chan Tuan Vyetdengizlarni saqlab qolish muammosiga e’tibor qaratadi. Baliq zaxiralari kam qolgan sari, ularni ovlash usullari yanada takomillashtirilmoqda
© Foto : J Henry Fair/Environmental Photographer of the Year 2019"O‘rmon yodgorliklari". "Iqlim va energetika sohasidagi harakat" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan J. Henri Feyr surati. Suratda 12 ming yoshdagi Hambah o‘rmoni tasvirlangan.
"O‘rmon yodgorliklari". "Iqlim va energetika sohasidagi harakat" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan J. Henri Feyr surati. Suratda 12 ming yoshdagi Hambah o‘rmoni tasvirlangan.
© Foto : M Yousuf Tushar/Environmental Photographer of the Year 2019"Kundalik ish", surat muallifi - M Yusuf Tushar. Minglab bangladeshliklar Dakkaga yaxshi hayot kechirish ilinjida kelishadi va ko‘mir tushirish kabi eng og‘ir va qora ishlarni qilishga mujburlar.
"Kundalik ish", surat muallifi - M Yusuf Tushar. Minglab bangladeshliklar Dakkaga yaxshi hayot kechirish ilinjida kelishadi va ko‘mir tushirish kabi eng og‘ir va qora ishlarni qilishga mujburlar.
© Foto : Amdad Hossain/Environmental Photographer of the Year 2019 Amdad Husseynning "G‘aflat uyqusi" nomli surati. Bangladesh poytaxti Dakka shahrida chiqindiga to‘la sohilda uyquga ketgan ayol.
Amdad Husseynning "G‘aflat uyqusi" nomli surati. Bangladesh poytaxti Dakka shahrida chiqindiga to‘la sohilda uyquga ketgan ayol.
© Foto : Antonio Aragon Renuncio/Environmental Photographer of the Year 2019Antonio Aragon Renunsio surati. Plastik paket o‘ynayotgan ko‘dak nigohi.
Antonio Aragon Renunsio surati. Plastik paket o‘ynayotgan ko‘dak nigohi.
© Foto : Eliud Gil Samaniego/Environmental Photographer of the Year 2019"Shahar ekologiyasi" nominatsiyasi g‘olibi Eliud Gil Samanyegoning Mexiko shahri aks etgan surati. Mexiko ekologiya nuqtayi nazaridan eng havosi ifloslangan yirik shaharlardan biri sanaladi.
"Shahar ekologiyasi" nominatsiyasi g‘olibi Eliud Gil Samanyegoning Mexiko shahri aks etgan surati. Mexiko ekologiya nuqtayi nazaridan eng havosi ifloslangan yirik shaharlardan biri sanaladi.
© Foto : Sebnem Coskun/Environmental Photographer of the Year 2019"Chiqindi". Shabnam Jo‘shqin Istanbuldagi Bosfor bo‘g‘ozida suv ostiga nazar solib, chiqindilar girdobida qoldi.
"Chiqindi". Shabnam Jo‘shqin Istanbuldagi Bosfor bo‘g‘ozida suv ostiga nazar solib, chiqindilar girdobida qoldi.
© Foto : Frederick Dharshie/Environmental Photographer of the Year 2019Frederik Darshining Keniyada suratga olingan "Suv tanqisligi" deb nomlanuvchi surati. Surat "Suv, teng huquqlik va xavfsizlik" nominatsiyasida eng yaxshi deb tan olingan. Surat olingan joydagi suv tanqisligiga o‘rmon kesilishi sabab bo‘lgan.
Frederik Darshining Keniyada suratga olingan "Suv tanqisligi" deb nomlanuvchi surati. Surat "Suv, teng huquqlik va xavfsizlik" nominatsiyasida eng yaxshi deb tan olingan. Surat olingan joydagi suv tanqisligiga o‘rmon kesilishi sabab bo‘lgan.
© Foto : Sean Gallagher/Environmental Photographer of the Year 2019Britaniyalik Shon Gallaher "Atrof-muhitning o‘zgarishi" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Suratda iqlim muammolari tufayli suv toshqinlari xavfi ostida qolgan Polineziya orollari tasvirlangan.
Britaniyalik Shon Gallaher "Atrof-muhitning o‘zgarishi" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Suratda iqlim muammolari tufayli suv toshqinlari xavfi ostida qolgan Polineziya orollari tasvirlangan.
© Foto : Valerie Leonard/Environmental Photographer of the Year 2019"Ko‘rinmas". Muallif Valeriya Leonard. Suratda Katmandu yaqinidagi chiqindixona tasvirlangan. Unda qimmatbaho narsa topish va uni sotib kun ko‘rish ilinjidagi ayol aks etgan.
"Ko‘rinmas". Muallif Valeriya Leonard. Suratda Katmandu yaqinidagi chiqindixona tasvirlangan. Unda qimmatbaho narsa topish va uni sotib kun ko‘rish ilinjidagi ayol aks etgan.
© Foto : SL Shanth Kumar/Environmental Photographer of the Year 2019Hindistonlik suratchi Shant Kumarning “Toshqinning uyga kirishi” surati yilning eng yaxshi surati deb e’tirof etildi.
Hindistonlik suratchi Shant Kumarning “Toshqinning uyga kirishi” surati yilning eng yaxshi surati deb e’tirof etildi.
© Foto : Ian Wade/Environmental Photographer of the Year 2019"Yer o‘pkasi". tunda daraxtlarni suratga olish oddiy ish emas. Britaniyalik Yan Ueyd ushbu suratni olish uchun bir haftalik vaqtini sarfladi.
"Yer o‘pkasi". tunda daraxtlarni suratga olish oddiy ish emas. Britaniyalik Yan Ueyd ushbu suratni olish uchun bir haftalik vaqtini sarfladi.
© Foto : Antonio Aragon Renuncio/Environmental Photographer of the Year 2019"Shirin tush". Antonio Aragon Renunsio surati. Yomg‘irning ko‘p yog‘ishi sababli Afrikaning Saxal hududidagi maktab partasida uxlab qolgan qizaloq.
"Shirin tush". Antonio Aragon Renunsio surati. Yomg‘irning ko‘p yog‘ishi sababli Afrikaning Saxal hududidagi maktab partasida uxlab qolgan qizaloq.