Fransiya politsiyasi “sariq nimchalilar” norozilik namoyishlari qatnashchilarini rezina o‘q va ko‘zdan yosh oqizadigan gazli ballonchalar yordamida tarqatib yubordi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 2,2 mingdan ortiq kishi rezina o‘qlardan jarohatlangan. O‘zini Yevropadagi demokratik va inson huquqlarini himoya qiladigan mamlakatlar sifatida jar soluvchilar miting ishtirokchilari ayovsiz va kuch bilan tarqatib yuborishadi.
Ilgariroq Boltiq bo‘yi mamlakatlari Moskvada bo‘lib o‘tgan kelishilmagan norozilik namoyishchilari qanday tarqatib yuborilganidan “shokka” tushishgan edi. Biroq Fransiya politsiyasi namoyishchilarni do‘pposlab, rezina o‘q yordamida tarqatib yuborganida YeI vakillari churq etishmadi.
Sputnik Yevropa va Rossiyada norozilik namoyishchilarini tarqatib yuborish uchun qo‘llaniladigan usullarni taqqosladi.