Birinchisi ketdi: Qrim ko‘prigida poyezd yo‘li ishga tushirildi – video

Obuna bo‘lish
Seshanba kuni jurnalistlar ilk bor Qrim ko‘prigining temir yo‘l qismidan o‘tish baxti kulib boqdi. Asosiy harakat dekabr oyidan yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan

Qurilish ishlari reja asosida bormoqda, hozirda mutaxassislar temir yo‘l kommunikatsiyalarini sozlashmoqda.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, poyezdlar ishga tushirilishi bilan bir vaqtning o‘zida "Qrim ko‘prigi" deb nomlangan oq spirtsiz vino ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Vino Qrim va Taman vinopazlari ishtirokida yaratilgan bo‘lib, tok novdalari bevosita Qrim ko‘prigi yaqinida yetishtirilgan.

Qrim ko‘prigi - Yevropadagi eng davomli ko‘prikdir. Uzunligi 19 kilometrni tashkil etadi. O‘tgan yilning may oyida ko‘prik avtomobillar uchun ochilgan edi. Faoliyatining birinchi yilida Kerch bo‘g‘ozi bo‘ylab ko‘prik ustidan besh millionta avtomobillar harakatlangan.

Yangiliklar lentasi
0