TOShKENT, 16 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich Farg‘ona viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Ulug‘bek Qosimov 1983-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2005-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005-yilda Denov tuman prokuraturasida boshlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda ishlab kelgan.
Xususan, 2011-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Qumqo‘rg‘on tumani prokurori, Muzrabod tuman hokimi sifatida faoliyat yuritgan va ushbu kunga qadar Denov tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Ulug‘bek Qosimov tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Shuningdek, bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Turdiyev Sadriddin Abdullayevich Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Sadriddin Turdiyev tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlagan.