Siyosatshunos Andrey Serenkoning fikriga ko‘ra, kichik Ahmad Ma’sudning bu rejani amalga oshirish uchun na mablag‘i, na obro‘yi bor. Qolaversa, Afg‘onistondagi, jumladan, shimoliy provinsiyalarda vaziyat hozircha bu loyihani amalga oshirishga imkon bermaydi.
“Kichik Ahmad Ma’sud otasi singari obro‘-e’tiborga ega emas. U faqat o‘z provinsiyasi Panjsherda mashhur. To‘g‘ri, “Tolibon” va pushtun guruhining kuchayishi ko‘pchilik noroziligini keltirib chiqaradi, biroq bu ularni Ahmad Shoh Ma’sudning o‘g‘li safiga qo‘shilishiga majbur qilishi dargumon”, - deya taxmin qildi siyosatshunos Sputnik O‘zbekistonga bildirgan fikrida.
U bu kabi bayonotlarni Afg‘onistondagi real vaziyatga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydigan axborot urushi va provokatsiya deb hisoblaydi.
Pompeo “Tolibon” bilan tinchlik shartnomasini imzolashdan bosh tortdi
1996 yilda shakllangan shimoliy Afg‘onistonning qator dala komandirlari uyushmasi Shimoliy Alyans deb atalgan. Unga etnik tojik, mojahedlarning Panjsher sheri laqabli Ahmad Shoh Ma’sud rahbarlik qilgan.
Siyosatshunosning to‘liq fikrini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.