TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Facebook kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ida tanishuv xizmatini ishga tushirdi.
Hozircha undan Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy-Sharqiy Osiyo aholisi foydalanishi mumkin. 2020-yil boshida Yevropaga keladi.
Yangi xizmat Facebook Dating nomini oldi. Dastur ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko‘ra, “ko‘proq yoqtirgan va birlashtiradigan narsalar: umumiy qiziqishlar, voqealar, guruhlar orqali sevgini topishga yordam beradi”.
Dunyonig 20 ta mamlakatida yangi ilovadan foydalanish mumkin (AQSh, Argentina, Boliviya, Braziliya, Vyetnam, Gayiana, Laos, Kanada, Kolumbiya, Malayziya, Meksika, Paragvay, Peru, Singapur, Surinam, Tayland, Urugvay, Filippin, Chili, Ekvador).
18 yoshga to‘lgan foydalanuvchilar yangi xizmatdan foydalanishi mumkin.