Ektor Kuper: Falastinga mag‘lubiyatdan keyin darhol iste’fo haqida gapirish noo‘rin

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaGlavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Ektor Kuper
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Ektor Kuper - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper JCh-2022 saralashi doirasida o‘tkazilgan birinchi uchrashuv natijalariga izoh berdi. "Oq bo‘rilar" ustozi" futbolning ashaddiy muxlislarini birgina mag‘lubiyatdan fojia yasamaslikka chaqirmoqda

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. JCh-2022 saralashi doirasida Falastin terma jamoasi mehmoni bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2 ta to‘p farqi bilan raqibga imkoniyatni boy berdi.

Glavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Ektor Kuper  - Sputnik O‘zbekiston
Ektor Kuper saralash o‘yinlaridagi maqsadini aytdi

Terma jamoa bosh murabbiyi birgina mag‘lubiyatdan shoshilinch xulosa chiqarish kerakmasligini aytib, keyingi raundga chiqishga imkoniyat borligini qayd etdi. 

"O‘yinchilarim namoyish etgan o‘yindan aslo ko‘nglim to‘lmadi. Birinchi golni o‘tkazib yuborgunga qadar yomon o‘ynamayotgan edik. Lekin goldan keyin nima bo‘lganini rosti tushunmadim. Biz diqqat-e’tiborni va tartibni unutdik. Himoyada qator qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Vaziyatni o‘nglash maqsadida maydonga yangi kuchlarni tushirdik. Ammo yakunda bu bizga naf keltirmadi. Shuni aytishim joizki, biz endigina saralash bahslarini boshladik. Oldinda o‘yinlar hali ko‘p. Bugungi uchrashuvdan to‘g‘ri xulosa qilgan holda, kelasi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga urinamiz. Saralashda endi bittagina o‘yin o‘tkazdik, xolos. Bitta o‘yindan keyin iste’fo haqida gapirish juda ham noo‘rin, deb hisoblayman", - dedi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper.

U Falastin terma jamoasini qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklab, raqib yaxshi o‘ynaganini e’tirof etdi hamda O‘zbekiston termasida keyingi bosqichga yo‘l olish uchun barchada imkoniyat mavjudligini ta’kidladi.

"Bilasizmi, birgina mag‘lubiyatdan fojea yasash to‘g‘ri emas. Hali oldinda o‘yinlar bor va faqatgina saralash bosqichi tugagandagina natijani to‘la tahlil qilsa bo‘ladi", - deya ishonch bildirmoqda Kuper.

Yangiliklar lentasi
0