AQSh tarixida birinchi marta opa-singilga general unvoni berildi – foto

© AP Photo / Branden CampJenshina-soldat armii SShA
Jenshina-soldat armii SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozir AQSh armiyasidagi 69 nafar ayol general unvoniga ega.

TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Amerika armiyasining 244-yillik tarixida opa-singil Mariya Barret va Pola Lodiga general unvoni berildi. Bu haqda RIA Novosti USA Today nashriga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Barratga general-mayor, Lodiga brigada generali unvoni berildi. Bundan avval qurolli kuchlarda bu unvon bilan ota-o‘g‘il, turmush o‘rtoqlar taqdirlangan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar 1901-yilgacha hamshiralar korpusi tashkil etilgunga qadar Amerika armiyasi safida bo‘lolmaganlar.

Hozir AQSh armiyasidagi 417 general bo‘lsa, ulardan 69 nafari ayollar.

Yangiliklar lentasi
0