Nurmagomedov Puaryega qarshi jangdan qancha mablag‘ olishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Said SarnayevChestvovanie Xabiba Nurmagomedova v Maxachkale
Chestvovanie Xabiba Nurmagomedova v Maxachkale - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi amerikali jangchi bilan bo‘ladigan jang uchun oladigan mablag‘ miqdorini aytdi.

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanop Nurmagomedov Dastin Puarye bilan jangi uchun oladigan gonorar haqida so‘zlab berdi.

Konor Makgregor - Sputnik O‘zbekiston
Och burgut ovga chiqadi: Nurmagomedov Puarye ustidan qanday qilib g‘alaba qozonishini aytdi

“Puarye bilan jang uchun gonorar Makgregor bilan jangga nisbatan 3-3,5 baravar ko‘proq bo‘ladi. Konor bilan jang uchun ikki million – bu biz uchun kam”, - dedi Nurmagomedovning otasi.

Rossiyalik jahon chempioni o‘tgan yilning oktabr oyida irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi kechgan jangdan 2 million dollar gonorar olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 7-sentabr kuni Abu-Dabida Nurmagomedov amerikalik Dastin Puarye bilan jang qiladi. Bu jang UFC 242 musobaqasida o‘tkaziladi. Bu diskvalifikatsiyadan so‘ng Nurmagomedov uchun birinchi jang bo‘ladi.

Rossiyalik jangchi 27 ta jangda 27-marta g‘alaba qozongan.

Yangiliklar lentasi
0