Erta tongda qichqirib, asabga tegadigan xo‘roz ishi yuzasidan qaror qabul qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishPetux porodi Legorn
Petux porodi Legorn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyada erta tongda qichqirib, yaqin atrofdagi kishilarni uyg‘otayotgan xo‘roz ishi bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi.

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Fransiya sudi Moris laqabli xo‘rozga erta tongda qichqirishga ruxsat berdi.

“Roshfor sudi (Sharanta departamenti) 5-sentabr kuni xo‘roz va uning egasi Korin Fessoga qarshi kiritilgan da’vo arizasini rad etdi”, - deya yozadi France Info portali.

Dokukarekalsya: vo Fransii sudat petuxa za slishkom rannie kriki – video - Sputnik O‘zbekiston
Ovozingni o‘chir: Fransiyada xo‘roz sud qilinmoqda

Avvalroq Fransiyada erta tong qichqirib, odamlarni uyg‘otadigan xo‘roz sud qilinayotgani xabar qilingan edi. Moris laqabli xo‘roz va uning egasi Korin Fesso ustidan nafaqadagi qo‘shnilar shikoyat qilgan. Arizachilarning advokati ming yevro miqdorida kompensatsiya talab qilishgan.

Biron va Fesso o‘rtasida janjal bir yildan ortiq davom etayotgan edi. 2017-yil bahor mavsumida xo‘roz shovqiniga chek qo‘yish maqsadida arz qilishgan. O‘sha vaqtda xo‘roz Moris egasini himoya qilish uchun ikkita petitsiya tayyorlangan. Buni 155 ming kishi qo‘llab-quvvatlagan.  

Tumshuq yopildi: Shveysariyada xo‘rozga kechasi qichqirish taqiqlandi

4 iyul kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisiga da’vogar va xo‘roz egasi kelmagani sababli ishni ko‘rib chiqish 5-sentabrga qoldirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0