TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Tojik-qirg‘iz chegarasida yana otishma yuz berdi, bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.
Isfara shahri hokimi Iqbol Teshayev so‘zlariga ko‘ra, Xo‘ja (Tojikiston) va O‘rta-Bo‘z (Qirg‘iziston) qishloq aholisi o‘rtasida yangi mojaro yuz berdi.
Qirg‘iziston bozor qurmoqchi bo‘lgan joyda Tojikiston tomoni yo‘l qurishi harakati kelishmovchilikka olib keldi.
Internetda tarqalgan videoda havoga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzilishini eshitish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 31-avgust kuni Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida Xo‘ja va O‘rta-Bo‘z qishloqlari aholisi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. O‘sha vaqtda tomonlarning biri yuz metr asfalt yotqizishga harakat qilgan.
Shuningdek, shag‘arni mashinalarda tashilishi sababli Varux va Oqsay aholisi o‘rtasida mojaro yuz berdi. Tojik-qirg‘iz chegarasining uzunligi taxminan 970 kmni tashkil qiladi. Ikki respublika chegarani bo‘lish ishlarini yakuniga yetkazmagan.