O‘zbekiston chiqindilarni plazma uslubida qayta ishlovchi texnologiya sotib oladi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishMusor na musorosortirovochnom zavode
Musor na musorosortirovochnom zavode - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chiqindilarni plazma uslubida qayta ishlash texnologiyasi chiqindini qayta ishlashdan elektr yoki issiqlik olish imkonini beradi.

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. O‘zbekistonda chiqindilarni plazma usulida utilizatsiya qilish texnologiyasi tatbiq etiladi, deb xabar qilmoqda Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.Qo‘chqorov hamda Singapurning «Alpha Global Capital (S) Pte. Ltd.» ijrochi rais o‘rinbosari janob  Samad Salim bilan 27-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda chiqindilarni plazma uslubida qayta ishlash texnologiyasini joriy etish haqida  o‘zaro anglashuv memorandumi imzolashdi.

- Mazkur texnologiyaning afzalliklari shundaki, u kam chiqitli bo‘lib, atrof-muhitga, aholi salomatligiga ta’siri yo‘q. Plazma usulida chiqindilarni utilizatsiya qilish ularni saralashni talab etmay, harajatlar nuqtayi nazaridan ham maqbul, oddiy usulda utilizatsiya qilishga ketadigan harajatlarni bir necha barobar qisqartiradi, - deyilgan xabarda.  

Xususan, ushbu qurilma bir kunda 5 tonna chiqindini plazma usulida qayta ishlab, issiqlik yoki elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, hosil bo‘lgan 5 % kul chiqindisini qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida yoki qurilish materiallari ishlab chiqarishda foydalanish mumkin bo‘ladi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida umumiy qiymati 15 mln. dollarni tashkil etgan «Qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar tatbiq etish» investitsiya loyihasini amalga oshirish, keyinchalik mazkur texnologik uskunalarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.

Shuningdek, singapurlik investorlar mazkur texnologiyalar sohasida o‘zaro samarali tajriba almashishga hamda  tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar. 

Shu bilan birga investorlar oqova suvlarni tozalash texnologiyalarini tatbiq etish yo‘nalishida ham investitsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga istak bildirdilar.

Yangiliklar lentasi
0