TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi shahar aholisi va mehmonlariga murojaat qildi.
“Hurmatli toshkentliklar va shahrimiz mehmonlari, agarda bayram arafasida shaharlararo va xalqaro transport qatnovlarida haydovchilar tomonidan yo‘l haqi sun’iy ravishda oshirilganligi holatlariga guvoh bo‘lsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 1167 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin”, - deyiladi hokimlik xabarida.
Samarqandda yo‘l haqining sun’iy ravishda oshirish holati kuzatilgandi. 41 va 30-sonli avtobus yo‘nalishlarida harakatlanayotgan haydovchilar asossiz ravishda yo‘lkira narxini 300 so‘mga ko‘tarishgan. Keyinchalik yo‘lkira narxini o‘zboshimchalik bilan oshirgan haydovchi kechirim so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 15-avgustdan boshlab Toshkentda avtobus va metroda qatnov haqi 1400 so‘m etib belgilangan. Oylik yo‘l kartochkalari narxi o‘zgarmagan.