Toshkentda qurilayotgan osmono‘par binoning nomi e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Toshkent Cityda qurilishi boshlangan birinchi osmono‘par bino 51-qavatdan iborat bo‘lib, uning balandligi 266, 5 metr bo‘ladi.

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Toshkent Cityda qurilishi boshlangan birinchi osmono‘par binoning nomi e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Markaziy Osiyoda eng baland bo‘lishi kutilayotgan binoning nomi - Nestone, ya’ni "Birinchi uya" bo‘ladi. Bino yaratuvchilari aytishiga qaraganda, ushbu nom binoda yashovchilar va mehmonlar uchun - shinam va xavfsiz joy ma’nosini anglatadi.

51-qavat bo‘lishi kutilayotgan  binoning balandligi 266, 5 metr bo‘ladi. Ushbu osmono‘par binoda kishi 365 kun binoni tark etmay yashashi mumkin bo‘ladi. Unda ofislardan tashqari, restoranlar, sport zallari hamda 746ta lyuks kvartiralar bo‘ladi. Yer ostki qatlamlarida parkovkalar joylashadi.

Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollarni tashkil qiladi. Osmono‘par bino qurilishida o‘zbekona urf-odatlar, milliy arxitektura uslublari ham inobatga olingan. Binoda karavot (topchan) qo‘yish uchun maxsus joylar ham bo‘ladi, deyilgan xabarda.

Murad Buildings va Turkiyaning Ozguven kompaniyalari hamkorligida qurilayotgan binodagi kvartiralar narxi 14-sentabrda e’lon qilinadi va shu kundan ularni sotish boshlanadi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNestone - nazvanie neboskreba v Tashkente
Toshkentda qurilayotgan osmono‘par binoning nomi e’lon qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Nestone - nazvanie neboskreba v Tashkente

 

Yangiliklar lentasi
0