TOShKENT, 26 avg - Sputnik. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida yangi 2019/2020 o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayrami munosabati bilan oliy ta’lim muassasalari jamoalariga munosib dam olish sharoitlarini yaratib berish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida yangi 2019/2020 o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanishni ma’lum qilamiz”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan ketma-ket to‘rt kun dam oladi. Haftasiga besh kun ishlaydiganlar 31-avgust - 3-sentabr kunlari, olti kun ishlaydiganlar esa 1-sentabr - 3-sentabr kunlari dam oladi.